Prezidentimizning tashabbusi bilan yurtimizda kambag‘allikni qisqartirish, ko‘makka muhtoj oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish maqsadida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi amalga oshirilmoqda.
Mazkur dastur doirasida Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi tomonidan Muzrabot tumani "Shafof" mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, "Yagona reestr"da turuvchi oilalar farzandlariga ta'lim olishlari uchun shart sharoitlar yaratish maqsadida staol-stul, kitob javoni hamda kitoblar taqdim etishdi.
Xuddi shu kabi ishlar viloyatimizning Sariosiyo, Uzun, Qumqo‘rg‘on hamda Oltinsoy tumanlarida ham amalga oshirilib tumandagi oilalar ko'ngillarini shod aylashdi.