• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-23

Yana bir jamoatchilik so‘rovi va monitoringi o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi, "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi, "Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida"gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28- noyabrdagi "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal ho‘jaligi vazirligi o‘rtasida imzolangan Memorandumda belgilangan vazifalarni amalga oshirish, xususan, qurilish (pudrat) tashkilotlari tomonidan hududlarda qurib foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarning foydalanish maydonlari loyiha, shartnoma yoki kadastr hujjatlarida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga muvofiqligini so‘rov va monitoring o‘tkazish orqali jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etilishi yuzasidan tegishli vakolatli davlat organlariga takliflar kiritish maqsadida, viloyatning tuman va shaharlarida jamoatchilik monitoringi o‘tkazilmoqda.