• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-01-25

Nuqsonli ovoz kuchaytirgichlarni puli qaytarildi

Denov tuman "Chambil" MFYsida yashovchi fuqaro J.Sh Denov shahridagi “Bek” bozor xududida joylashgan savdo doʻkonidan 1 400 000 soʻmga ovoz kuchaytirgich (kalonka) sotib oladi va uyiga olib borib foydalanganida unda nosozliklar kelib chiqadi. Do‘kon sotuvchisiga nuqson haqida aytib mahsulot uchun to‘lagan pulini qaytarib berishini talab qiladi. Ammo sotuvchi bosh tortadi.

Holatni o‘rganib chiqqan tuman jamiyati mutaxassislari tomonlarga amaldagi qonunchilikka oid tushunchalarni tushuntirishdi va mahsulot uchun to‘langan pullar iste’molchiga qaytarib berildi.