• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-02-17

Qiymati 36 000 000 so‘m bo‘lgan quyosh panellaridagi nosozlik bartaraf etildi

Denov tumani “Qorabog‘-tepa” MFYsida yashovchi fuqaro M.N joriy yilning 31-yanvarida tumanda joylashgan “Erkin elektronika” MCHJsidan xonadoni uchun qiymani 36 000 000 so‘m bo‘lgan quyosh panellarini xarid qiladi.

Ammo vaqt o‘tishi bilan ularda nuqson borligi ma’lum bo‘ladi va Denov tumani iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Jamiyat mutaxassislari holatni o‘rganib chiqib tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishdi va soha texniklarini jalb qilgan holda nosozlikni bartaraf etildi.