• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-02-20

♻️ Noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Sariosiyo tumani “Tartuli” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarodan H.N Sariosiyo tuman jamiyatiga murojaat kelib tushdi.

Unda keltirilishicha “BIO TEX EKO” MCHJsi fuqaro nomidagi abon to‘lovidan 1000 000 so‘m noreal qarzdorlik hisoblanganidan norozi ekanligini ma’lum qiladi.

Murojaatdan kelib chiqqan holda ushbu holatni tuman jamiyati mutaxassislari atroflicha o‘rganib chiqib, tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishdi hamda fuqaro nomiga hisoblangan 1 000 000 so‘m bo‘lgan noreal qarzdorlik bartaraf etildi.