Sherobod tumani “Qizilolma” MFYsida yashovchi fuqaro B.S O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091- qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qoldiradi.
Murojaatda keltirilishicha fuqaro Termiz shahrida joylashgan "Surxon Avto Leasing" MChJga “Chevrolet Cobalt” rusumidagi avtomashina uchun 47 900 000 soʻm bosh to’lovni amalga oshirgan ammo, avtomashina o‘z vaqtida yetkazilmagan.
Ushbu holatni hududiy birlashma mutaxassislari o‘rganib chiqdi hamda tomonlarga amaldagi qonun normalarini tushuntirishdi. Natijada iste’molchiga avtomashina uchun amalga oshirilgan to‘lov summasi qaytarildi.