• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-18

7 oy oldin olingan televizor sifatlisiga almashtirildi

2024 -yil dekabr oyida Sherobod tumani «Xo‘jgi» mahallasida yashovchi fuqaro A.S. Sherobod tumanda joylashgan maishiy-texnika do‘konidan narxi 4 650 000 so‘m bo‘lgan «SAMSUNG» rusumli smart televizorini xarid qiladi. Televizorni uyiga olib borib, 3 kun ichida foydalana boshlaganda, unda nuqsonlar kelib chiqadi. Shundan so‘ng fuqaro televizorni do‘konga olib borib, nuqsonlar haqida aytadi va almashtirib berilishini talab qilgan. Ammo sotuvchi 7 oy davomida har xil bahonalar bilan isteʼmolchini aldab kelgan.

Ushbu holat bo‘yicha murojaatni o‘rgangan tuman jamiyat masʼullari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari haqida tushunchalar berildi va isteʼmolchi xarid qilgan televizor sifatlisiga almashtirildi.