• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-26

Tumanlarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda

Sariosiyo va Denov tumanlarida Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida va oilaviy poliklinikalarda targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

Tadbirlarda mamlakatimizda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, sohaga oid yangiliklar, isteʼmolchilik ijtimoiy harakati vakili bo‘lgan O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tashkilotlari tomonidan yurtimizda isteʼmolchilarning huquqiy bilimi va isteʼmol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.

Shuningdek targ‘ibot chog‘ida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, tashkilotlar va tuman jamiyatlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini yana-da kuchaytirishga kelishib olindi.