O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi "Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risidagi" 330-sonli qarori hamda 143-sonli farmoni ijrosini samarali ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda Muborak Ramazon oyida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir oilalarning xolidan xabar olinib, Ramazon tuhfalari ulashilmoqda.