📍 Uzun tuman “Yangi yo‘l” mahallasida yashovchi fuqaro D.A tomonidan murojaat kelib tushdi.
Ma’lum qilinishicha, iste’molchi “S. J Stars” xususiy korxonasidan gaz varenni panelini 1 360 000 so‘mga xarid qilgan.
❗️ Mahsulot uyga o‘rnatilgandan so‘ng, hech qanday tashqi ta’sirsiz ustki oynasi o‘z-o‘zidan sinib, titilib ketgan. Iste’molchi mahsulotda ishlab chiqarish nuqsoni (zavod brak) mavjudligini bildirib, uni sifatlisiga almashtirish yoki to‘langan pulni qaytarishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
🔍 Uzun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaat o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida mahsulotda nuqson mavjudligi tasdiqlandi hamda “S. J Stars” xususiy korxonasiga tegishli tartibda aloqa xati yuborildi.
✅ Natijada, nosoz gaz paneli yangisiga almashtirib berildi.
📞 Iste’molchi huquqlari buzilgan taqdirda 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.