• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-03-14

“Men yosh iste’molchiman” mavzusida insholar ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

“15-mart – Butunjahon iste’molchilar kuni” munosabati bilan maktablarda yuqori sinflar o‘rtasida insholar ko‘rik tanlovlari o‘tkazilmoqda. Oltinsoy tumani 13-maktabida, Sho‘rchi tumanidagi 36-umumta’lim maktabi va Muzrabot tumanining 44-maktabida ham insholar ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Unda o‘quvchilar mamlkatimizda inson qadrini ulug‘lashda yaratilayotgan sharoitlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda qonuning ustivorligi haqida o‘z fikrlarini ifoda etishdi.

Yakunida insholar hakamlar tomonidan tekshirilib, yuqori o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.