• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-01-27

⚡️Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi hamda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosi doirasida, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 2025-yil 16-maydagi buyrug‘i asosida, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan o‘zaro kelishuvga binoan tasdiqlangan kuzatuv-o‘rganish rejasi asosida Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazorati tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida birlashma tomonidan shakllantirilgan maxsus ishchi guruh tuman tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sharoitlar, sanitariya-gigiyena holatlari, iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi va ularning qonuniy huquqlarining qanday ta’minlanayotganini o‘rgandi.

Shuningdek, tadbir davomida tibbiyot xodimlariga, iste’molchilar huquqlari, ularni himoya qilish mexanizmlari va jamoatchilik nazoratining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Bu esa fuqarolarning huquqiy ongini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, davlat va jamoatchilik o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va eng muhimi, iste’molchilar huquqlarini amalda ta’minlashdir.