Angor tuman “Ulug‘bek” MFYsida yashovchi fuqaro m.m joriy yilning 12 iyulida O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining 1091 raqamiga murojaat qiladi.
Murojaatda keltirilishicha 2024 yilning 4 iyulida fuqaro Angor tuman «Premiyer» maishiy texnika do‘konidan narxi 4.400.000 so‘m bo‘lgan «Premiyer» rusumli konditsionerni xarid qiladi. Uni uyiga olib kelib o‘rnatadi ammo konditsioner ishlamaydi. Ushbu holatdan norozi bo‘lib, do‘kon sotuvchilaridan almashtirib berishlarini talab qiladi, lekin sotuvchilar almashtirib berishdan bosh tortadi.
Holat tuman boshqarma masʼullari tomonidan o‘rganildi va amaldagi qonunchilikka muvofiq ko‘rsatmalar berildi. Natijada do‘kon xodimlari tomonidan konditsioner tekshiruvdan o‘tkazilganida, o‘rnatish jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Do‘kon texniklari tomonidan konditsioner soz holatga keltirildi va o‘rnatib berildi.