O‘zbekiston iste始molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Surxondaryo viloyati birlashmasi raisi R.Sadullayev boshchiligida hamda tuman(shahar) jamiyati raislari ishtirokida kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda kun tartibiga quyilgan masalalar ko‘rib chiqilib, jamiyatlar tomonidan o‘tkazilayotgan monitoringlar, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning hal etilishi hamda targ‘ibot-tashviqot kabi amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yana hisobot davrida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga jami 432 taga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning ijobiy yechim topishi natijasida 1.389.060.791 so‘m mablag‘ iste始molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinganligi, murojaatlarning 3 tasi sud idoralari orqali hal qilinib 101.177.132 so‘m moddiy va ma始naviy zararlar undirilib berilganligi e始tirof etildi.
Yig‘ilish davomida jamiyatlar faoliyatida erishilayotgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi hamda kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olingan holda qarorlar qabul qilindi.