2025 yil 3-iyunda Uzun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Qarayshli mahallasida yashovchi fuqaro M.A dan murojaat kelib tushgan.
Murojaatda aytilishicha, murojaat egasi 2025-yil 3-iyun kuni “E K” MCHJga qarashli maishiy texnika do‘konidan 6 000 000 so‘mga “Kempch” to‘rt markali kompyuter xarid qilgan. Biroq, olgan tovar nosoz va buzilgan holatda bo‘lgani sababli M.A iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatidan amaliy yordam so‘ragan.
O‘rganish natijasida aniqlik kiritilib, amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi va sotuvchi tomonidan fuqaroga 6 000 000 so‘m miqdorida pul mablag‘i qaytarildi.