Hozirgi kundagi bozor iqtisodiyotida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish dolzarb masala sifatida nafaqat mamlakat hududi, balki xalqaro miqyosda ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu sohada yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda ham keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
Yosh avlod o‘rtasida iste’mol madaniyatini shakillantirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Men yosh iste’molchiman” insholar ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati hududiy bosqichi 26-umuta’lim maktabida tashkil etildi. Unda viloyatning tuman bosqichida yuqori o‘rinlarini egallagan o‘quvchilar ishtirok etib, ushbu sohaga oid fikr-mulohazalarini belgilangan vaqt reglamenti asosida ifoda etishdi.
O‘quvchilar tomonidan yozilgan insholarni hakamlar hay’ati a’zolari tekrishib, adolatli baholashdi. Ko‘rik tanlovda yuqori o‘rinni egallagan o‘quvchilar diplom hamda esdalik sovg‘alarni, shuningdek, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.