Termiz shahar «Tuproqqo‘rg‘on» MFYsi 7-uyda yashovchi fuqaro A.S O‘zbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qiladi.
Murojaatda keltirilishicha joriy yilning 30 iyun kunida Angor tijorat bozori hududidagi 213-sonli maishiy texnikalar do‘konidan narxi 4.650.000 so‘m bo‘lgan «Indezi» rusumli muzlatgichni xarid qilgan. muzlatgichni uyida olib borib foydalanib boshlaganida unda nuqson bo‘lganligi sababli muzlatmanganligi uchun do‘kon xodimlaridan almashtirib berishini talab qilgan. Ammo xodimlar turli xil bahonalar bilan almashtirib berishdan bosh tortgan.
Ushbu holat Angor tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, do‘kon xodimlariga tegishli tartibda isteʼmolchining qonuniy huquqlari to‘g‘risida kerakli tushunchalar berildi. Natijada isteʼmolchi xarid qilgan nuqsonli muzlatgich sifatlisiga almashtirib berildi.