• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-02-26

šŸ“¢ SOXTA DALOLATNOMA HOLATI ANIQLANDI

Sho‘rchi tumani Egarachi mahallasida yashovchi fuqaro E.R tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqaro 40 kundan ortiq vaqt davomida tuman gaz ta’minoti korxonasi tomonidan maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz yetkazib berilmayotganini ma’lum qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan holat joyiga chiqib o‘rganildi hamda tuman gaz ta’minoti tashkilotidan rasmiy ma’lumot olindi. O‘rganish jarayonida fuqaro E.Rga suyultirilgan gaz yetkazib berilgani haqida Egarachi MFY mas’ullari bilan birgalikda soxta dalolatnoma tuzilgani aniqlangan.

O‘rganish yakunida:
āœ… Fuqaro E.Rga amalda suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
āš ļø Tuman gaz ta’minoti mas’ullari hamda Egarachi MFY raisi tomonidan yolg‘on ma’lumot taqdim etilgani uchun ularga nisbatan ogohlantirish chorasi ko‘rildi.

Iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va bunday holatlarning oldini olish borasida nazorat ishlari davom ettiriladi.

#IstemolchiHuquqi
#MurojaatNazoratda
#AdolatQarorTopdi