Joriy yilning 26-may sanasida Jorqurg‘on tumani «Oqtepa» mahallasida yashovchi fuqaro Z.E tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefon raqamiga murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat Jorqurg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. Unda fuqaro Z.E Jorqurg‘on tumanidagi «ZR» do‘konidan 2 800 000 so‘mga “Redmi note 50” rusumli telefonni bir yillik muddatli to‘lov asosida xarid qilgani, biroq mahsulot nosoz chiqib, do‘kon sotuvchisi muammoni hal qilishni paysalga solayotganidan norozi ekanligini bayon qilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazorat o‘rnatilib, ariza asosida zaruriy choralar ko‘rildi. Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi va smartfon yangisiga almashtirilgan.