• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-05-21

Nuqsonli muzlatgich uchun to‘langan pul o‘z egasiga qaytarildi

Boysun tumani “Ariq-usti” mahallasida yashovchi fuqaro X.H tuman markazida joylashgan maishiy-texnika savdo do‘konidan qiymati 6 500 000 so‘m bo‘lgan “SHIVAKI” rusumli muzlatgich xarid qiladi.

Ammo oradan biroz muddat o‘tmasdan muzlatgichda nuqson borligi ma’lum bo‘ladi. Shunda iste’molchi ushbu nosozlikdan norozi bo‘lib do‘kon xodimlaridan muzlatgich uchun to‘langan pul mablag‘ini qaytarib berishini talab qiladi. Xodimlar esa ushbu talabni e’tiborsiz qoldiradi.

Holat tuman jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi va tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, iste’molchi talabiga muvofiq muzlatgich uchun to‘langan 6 500 000 so‘m pul mablag‘i o‘z egasiga to‘laligicha qaytarib berildi.