Yig'ilish davomida hududiy birlashma raislari tomonidan o‘tkazilayotgan manitoringlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning hal etilishi kabi amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jamiyatlar faoliyatida erishilayotgan yutuqlar, yo'l qo'yilayotgan xato-kamchiliklar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirish zarur bo‘lgan ishlar, aholining iste'mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.