• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-17

Yana bir targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qumqo‘rg‘on hamda Qiziriq tumanlarida MTTlarda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirni tumanlar jamiyati mutaxassislari tomonidan tashkilot xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda isteʼmolchilar  huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablari, ularda ko‘rsatib o‘tilgan isteʼmolchining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.

Savdo, umumiy ovqatlanish, tibbiy xizmat, uy-joy kommunal xizmatlari, aloqa va kommunikatsiya, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarida isteʼmolchilardan kelib tushayotgan ariza, murojaat va shikoyatlar ijobiy yechim topishi, yaʼni isteʼmolchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga amaliy yordam ko‘rsatilayotganligi haqida ham misollar orqali tushuntirish berildi.