Termiz shahar «Mehrobod» mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Z “Uzum market” ilovasi orqali shartnoma asosida narxi 2 800 000 so‘m bo‘lgan “Redmi 15” rusumli uyali telefon apparatini 12 oy muddatda bo‘lib to‘lash orqali xarid qilgan.
Ammo telefonni uyiga olib kelib foydalanmoqchi bo‘lganida telefon apparati ishlamaydi. Sababi o‘rganilganda IMEI bo‘yicha mobil qurilma ro‘yxatdan o‘tmaganligi maʼlum bo‘ladi. Shundan so‘ng isteʼmolchi telefonni buyurtmalarni tarqatish shoxobchasiga olib borgan. Lekin mahsulot korxona xodimlari tomonidan qaytarib olinmagan.
Holat shahar jamiyati mutaxassislilari o‘rganib chiqdi va amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishdi. isteʼmolchi Sh.Z va “Uzum market” korxonasi o‘rtasida “uzum nasiya” orqali tuzilgan shartnoma bekor qilinishiga erishildi.