Sherobod tuman “Qizilolma” mahallasida yashovchi fuqaro B.S avtomashina sotib olish uchun “Mikrokredit Bank”ning Sherobod tuman filialidan 116 000 000 so‘m kredit chiqarish uchun hujjatlarni topshiradi. Hujjatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng, bank xodimlari fuqaroga avtomashina uchun kredit berishga rozi bo‘lishadi. Ammo oradan bir qancha muddat o‘tsa ham-ki kredit pullari fuqaroga tashlab berilmaydi. Ushbu holatdan norozi bo‘lgan fuqaro tuman jamiyati raislariga murojaat qiladi.
Murojaatga ko‘ra holatni o‘rganib chiqqan jamiyat mutaxassislari tomonlarga amaldagi qonun bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi va “Mikrokredit” bankdan 116 000 000 so‘m kredit pullarini to‘liq holda isteʼmolchiga o‘tkazib berildi.