• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-07-05

⚡️ Sherobod tumanida fuqaro murojaati ijobiy hal etildi

2025-yil 24-iyun kuni Sherobod tuman iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparatiga “Oqtepa” mahallasida yashovchi fuqaro T.J dan murojaat kelib tushdi. Murojaatda keltirilishicha fuqaro “DAMAS” avtomashinasini xarid qilish uchun bosh to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsada, avtosalon mashinani taqdim etmay paysalga solayotgani keltirilgan.  

Jamiyat mutaxassislari tomonidan murojaat mazmuni asosida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu jumladan, tuman va viloyatdagi tijorat banklari, shuningdek, tumandagi avtosalon filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda murojaatga tegishli hujjatlar to‘liq taqdim etilishi ta'minlandi. Natijada, fuqaro T.J ga umumiy qiymati 98 600 000 so‘m bo‘lgan yangi “DAMAS” rusumli avtomashinasi taqdim etilib, murojaat ijobiy hal etildi.