Boysun tuman "O‘rta Machay” mahallasida yashovchi fuqaro K.t tuman markazida joylashgan maishiy-texnika savdo do‘konidan narxi 5 100 000 so‘m bo‘lgan kir yuvish mashinasini xarid qilgan.
Uni uyiga olib kelib ishlatib ko‘raginida unda nosozlik borligi maʼlum bo‘lgan. Shunda fuqaro kir yuvish mashinasini do‘konga olib borib to‘lagan pulini qaytarib berishlarini talab qiladi. Ammo do‘kon sotuvchisi bu talabni rad etgan.
Ushbu holat tuman jamiyati aʼzolari tomonidan o‘rganib chiqildi va amaldagi qonun normalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi shundan so‘ng isteʼmolchiga kir yuvish mashinasi uchun to‘lagan pul mablag‘i qaytarib berildi.