• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-07-07

šŸ”¹ Iste’molchilar huquqlari va madaniyatini oshirish yoā€˜lida targā€˜ibot ishlari davom etmoqda

āš”ļø 2025-yil iyun oyining boshida Surxondaryo viloyatining Oltinsoy va Sariosiyo tumanlarida iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

šŸ“ Oltinsoy tumanida, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida “Biz barchamiz iste’molchimiz” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar iste’molchilar huquqlari, ularni himoya qilish mexanizmlari bilan tanishtirildi. Tadbir yakunida 160 nafar ishchi-xodim jamiyat a’zoligiga qabul qilindi.

šŸ“ Sariosiyo tumanida esa 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida davra suhbati o‘tkazilib, unda tuman jamiyati raisi M.Zaripova hamda mutaxassisi U.Valiyeva ishtirok etdi. Tadbirda amaldagi qonun yuzasidan atroflicha tushunchalar berilib, iste’molchilar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki tuman jamiyati xodimlari murojaat qilishlari ta’kidlandi. Murojaatlar tahlili asosida iste’molchilarning amaliy muammolari muhokama qilinib, yechimlar yuzasidan tavsiyalar berildi.

āœ… Bunday tadbirlar iste’molchilar huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, jamiyat bilan hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.