Sho‘rchi tuman iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati ishonch telefoniga fuqaro R.Sh dan murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaat tumanda joylashgan maishiy texnika savdo do'konidan MOONKS rusumli avtomat kir yuvish mashinasini halol nasiya savdo asosida uch oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan 6 900 000 so‘m evaziga xarid qilgan iste’molchiga tegishli bo‘lib, u kir yuvish mashinasi kafolat muddati mobaynida ishlamay qolganidan norozi bo‘lgan.
O‘rganish jarayoni Sho‘rchi tumanida joylashgan maishiy texnika savdo do'koni rahbariyati, murojaatchi iste’molchi va jamiyat vakili ishtirokida bevosita joyiga chiqib amalga oshirildi. Aniqlanishicha, texnik nosozlik sababli iste’molchi bilan tuzilgan savdo shartnomasi bekor qilingan. Halol nasiya asosida olingan avtomat kir yuvish mashinasi sotuvchiga qaytarilgan, shuningdek, 6 900 000 so‘m mablag‘ iste’molchi hisobidan chiqarilgan.