• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-16

šŸ”°Narxi 33 000 000 so'm boā€˜lgan yuk tashish motoroller sifatlisiga almashtirildi

Sherobod tuman hududiy birlashmasiga tumanning "Qizilolma" MFY da yashovchi fuqaro N.J tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro "Oilaviy tadbirkorlik" asosida hokim yordamchisi va ta’minotchi ko‘magi orqali imtiyozli kreditga narxi 33 000 000 so'm bo‘lgan “NEW STAR” rusumli uch g'ildirakli yuk tashish motorollerini sotib oladi. Sotib olgandan bir necha kun o‘tib  ushbu yuk tashish motoroller nosozligi aniqlanadi. Budan norozi bo‘lgan fuqaro ta’minotchiga mahsulotni almashtirib berishini talab qiladi va ammo ta’minotchi turli xil bahonalar bilan iste’molchini sarson qilib kelgan.

Jamiyat mutaxassislari fuqaro murojaatiga asosan, o‘rganish ishlarini olib bordi hamda tomonlarga amaldagi qonun normalari tushuntirildi. Natijada iste’molchi xarid qilgan yuk tashish motoroller sifatlisiga almashtirib berildi.