Iste’molchilar savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlar Oltinsoy, Uzun hamda Qumqurg‘on tumanlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham bo‘lib o‘tdi. Hududiy birlashma raislari boshchiligida tashkil etilgan tadbirda tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.
Dastlab tashkilotlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi hamda iste’molchilarning huquqlari, mahsulot sotib olayotganda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan xususiyatlar, shuningdek, amaldagi qonunda keltirilgan normalar haqida batafsil tushuntirilib, iste’molchi sifatida huquqi buzilgan taqdirda tumandagi hududiy birlashmaga yoki 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlari aytib o‘tildi.
Yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.