Qumqo'rg'on tuman “Jiydali” mahallasida yashovchi fuqaro S.D tumanda joylashgan "Artel" maishiy-texnika savdo do'konidan narxi 2 900 000 so‘m bo‘lgan “Artel” rusumli televizor xarid qilgan.
Televizorni uyiga olib borib foydalana boshlaganda unda nuqson borligi ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng bu haqida do‘kon sotuvchisiga aytadi va televizor uchun to’lagan pulini qaytarib berishini talab qiladi. Do‘kon sotuvchisi esa ushbu talabni rad etadi.
Tuman hududiy birlashma xodimlari tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqildi va amaldagi qonun normalari haqida tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng iste’molchi xarid qilgan televizor sifatlisiga almashtirib berildi.