• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-22

Narxi 7 300 000 so‘m bo‘lgan muzlatgich sifatlisiga almashtirib berildi

Boysun tumani «Sho‘rsoy» mahallasida yashovchi fuqaro R.A tuman markazida joylashgan maishiy texnika do‘konidan narxi 7 300 000 so‘m bo‘lgan muzlatgich xarid qilgan. Muzlatgichni uyiga olib kelib ishlatganida, muzlatgichda nuqson borligi maʼlum bo‘lgan.

Fuqaro do‘kon xodimlariga muzlatgichda nuqson borligini aytib, almashtirib berishlarini talab qilgan. Ammo xodimlar turli xil bahonalarni ro‘kach qilib fuqaroning talabini rad etgan.

Tuman jamiyati xodimlari ushbu holatni o‘rganib chiqishdi hamda tomonlarga amaldagi qonun normalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishdi. Isteʼmolchi xarid qilgan muzlatgich sifatlisiga almashtirib berildi.