Sherobod tuman "Qizilolma" maxallasida yashovchi fuqaro I.Sh "SURXON AVTO LEASING" MChJsiga “Chevrolet Cobalt” rusumidagi avtomashina uchun 119 750 680 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Ammo MCHJ xodimlari tomonidan avtomashina vaqtida yetkazib berilmagan.
Fuqaroning murojaatini tuman jamiyati xodimlari o‘rganib chiqdi hamda tomonlarga amaldagi qonun normalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini amalga oshirdi. Natijaga iste’molchiga avtomashina uchun qilingan to‘lov to‘laligicha qaytarib berildi.