• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-09

Oltinsoy tumanida targ'ibot tadbiri o‘tkazildi

Oltinsoy tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan 6-MTTda targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Dastavval tashkilotda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirldi so‘ra mamlakatimizda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, sohaga oid yangiliklar, isteʼmolchilik ijtimoiy harakati vakili bo‘lgan O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tashkilotlari tomonidan yurtimizda isteʼmolchilarning huquqiy bilimi va isteʼmol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.

Shuningdek targ‘ibot so‘gida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, tashkilotlar va tuman jamiyatlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini yana-da kuchaytirishga kelishib olindi.