• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-06

Elektr energiyasi uchun hisoblangan noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Denov tumani «Qizilgul» MFYsida yashovchi fuqaro X.Bdan Denov tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushdi. Murojaatga ko‘ra, isteʼmolchi elektr energiyasi isteʼmoli uchun to‘lovlarni vaqtida to‘lab kelgan bo‘lsada, uning nomiga 130 000 so‘m asossiz qarzdorlik belgilanganidan norozi.

Holatni tuman jamiyati xodimlari o‘rganib chiqdi va amaldagi qonun normalari bo‘yicha tushuntirishlari olib borildi. Natijada elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan kompyuter bazasida tushunmovchilik mavjudligi ma'lum bo‘ldi hamda qayta hisob-kitob qilinganda yuzaga kelgan noreal qarzdorlik bartaraf etildi.