• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-27

Narxi 11 000 000 so‘m bo‘lgan kir yuvish mashinasi puli qaytarildi

Denov tuman “Oltin Vodiy” MFYda yashovchi fuqaro M.Mdan Denov tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ishonch telefoniga 11 sentyabr  kunida murojaat kelib tushadi.

Ushbu murojaat yuzasidan Denov shahrida joylashgan tijorat bozoridagi savdo do‘konlarining biridan «LG» rusumli kir yuvish mashinasi sotib olgan, ammo kir yuvish mashinkasi texnik nosozlik maʼlum bo‘lgan. Do‘kon xodimlaridan almashtirib berishlarini talab qilgan ammo xodimlar rad etgan.

Holat tuman jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganildi va tomonlarga tushuntirish ishlarini olib borildi shundan so‘ng murojaatchining ixtiyoriga binoan 11 000 000 so‘mga xarid qilingan kir yuvish mashinasining puli qaytarib berildi.