• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-10-21

💊Dorixonalar faoliyati bo‘yicha jamoatchilik nazorati tadbirlari davom etmoqda

Denov tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan dorixonalarda isteʼmolchi burchaklari mavjudligi, dorilarning saqlash sharoitlariga amal qilinishi, xaridorlarning mijoz bilan o‘zaro savdo munosabatlarini qonuniy tashkil etish holatlari yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida monitoring olib borilmoqda.

Jamoatchilik nazorati tartibida monitoring olib borilishidan maqsad sifatsiz dori-darmon vositalari, tibbiy buyumlar hamda yaroqlilik muddati tugagan tibbiy vositalar savdosiga chek qo‘yish bo‘lib, isteʼmolchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yana-da yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan foto va videolavhalar asoslangan holda maʼlumotnomalar tuzildi hamda amaldagi qonun normalari tushuntirildi.