• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-11-11

“Yashil makon” umummilliy harakati uyushqoqlik bilan davom etmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi orqali butun mamlakat bo‘ylab yashil maydonlar hajmini 2030-yilga borib 30% ga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ko‘chat ekish ishlari viloyat, shahar, tuman, talim muassasalari, vazirlik va idoralar kesimi asosida tasdiqlangan manzilli dasturlar asosida tashkil etilmoqda.

Viloyatimizda ham yashillik darajasini  yanada  oshirish,  “Yashil  makon”  umummilliy   loyihasini   izchil   amalga   oshirish orqali ekologik  barqarorlikni ta’minlash maqsadida, Angor tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining atrofidan ajratilgan hududni hududiy birlashma va tuman(shahar) jamiyatlari xodimlari ham hamjihatlik bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida o'z hissasini qo'shmoqda.