• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-12-16

Qiymati 5 200 000 so‘m bo‘lgan gilam almashtirib berildi

Oltinsoy tumani “Mirshodi” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Denov tumani tijorat bozoridan narxi 5 200 000 so‘m bo‘lgan gilam xarid qiladi.

Ammo o‘sha kunni o‘zidayoq ushbu gilamni almashtirib berishini talab qiladi, sababi mahsulotni uyiga olib borib to‘shaganioda devor ranglariga mos kelmaydi. Sotuvchi esa turli bahonalar vaj qilib almashtirib berishdan bosh tortadi.

Ushbu holatni o‘rganib chiqqan Denov tuman jamiyati mutaxassislari tomonlarga tushuntirish ishlarini olib boradi hamda qiymati 5 200 000 so‘m bo‘lgan gilamni iste’molchi xohishiga ko‘ra boshqasiga almashtirib beriladi.